Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Oltin, kumuş, kumuş

Albom22-sentabr, 2024, 20:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Oltin, kumuş, kumuş…

🥇Şamsiddin Vohidov öz taxtasida (4-taxta) oltin medalni qölga kiritdi! U kimsan 🇮🇳Vidit Santoş, 🇺🇦Anton Korobov, 🇺🇸Levon Aronyan, 🇦🇿Şaxriyar Mamedyarov kabi TOP grossmeysterlarni ortda qoldirdi.

Şamsiddin turnir davomida heç kimga yutqazmadi. 10 ta öyindan jami 8 oçko töpladi! Va eng muhim pallalarda bir neça bor jamoamiz qutqaruvçisi böldi.

Barakalla, Şamsiddin!!! Oltin muborak!!!

🥈Şuningdek, 🇺🇿Nodirbek Abdusatorov 1-taxtada kumuş medal oldi. Oltin, şubhasiz, 🇮🇳Gukeşga nasib qildi. Nodirbek ham heç kimga yutqazmadi va 11 öyindan 9 oçko oldi. U terma jamoamizning haqiqiy lideri! Ayniqsa Serbiya bilan jangni heç qaçon unutmaymiz.

🥈 Qizlarimiz orasida Nodira Nodirjonova esa öz taxtasida (5-taxta) kumuş medal oldi! Nodira ham turnir davomida heç kimga yutqazmadi va deyarli hamma raqiblarini taslim etdi. 8 imkoniyatdan 7 oçko oldi. Juda köp bahslarda terma jamoamizni qiyin vaziyatlardan olib çiqdi. Uning işonçli öyini boşqa qizlarimizga ham yaxşi ruhiyat berdi. Nodira Nodirjonova tanaffusdan söng bir neça yil oldingi yuqori formasiga yana qaytgani juda quvonarli!

Barça sovrindor şaxmatçilarimizga qoyil va barakalla!

Izoh: turnir davomida jamoaviy bahslardan taşqari, 1-taxta, 2-taxta va hk, har bir taxtada individual musobaqa ham ketadi. Eng yaxşi natija körsatgan şaxmatçilar medallarni qölga kiritadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek