Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

20-mart, çorşanba (10-kun): Qiyomat bölib qolsa ham köçat ekiş haqida hadis

Matn20-mart, 2024, 18:141 daqiqa0 koʻrish

20-mart, çorşanba (10-kun)
Iftorlik vaqti: 18:37 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat bölib qolsa-yu, birortangizning qölida xurmo köçati bölsa, u qoim bölgunça ulgursa, ekib qöysin», dedilar».

📖 Şarh: Demak, dunyo işiga ana şunday munosabatda böliş kerak. «Ekkanimiz bilan mevasini özimiz yermidik, qarib qoldik, bizga dunyoning nima keragi bor» qabilidagi gaplar töğri emas ekan. Aksinça, hatto qiyomat qoim bölib qolsa ham, ulgursa, qölidagi köçatni ekib qöyiş kerak ekan.

Aslida bu hadisni Abu Dardo roziyallohu anhu rivoyat qilganlar. Şomda köpçilik kişilar yöldan ötib ketayotgan paytda keksayib qolgan, qoşlari ösib, közlarini tösib qöygan bir qariyaning urinib, köçat ekaman deb, qiynalib harakat qilayotganini körib qolişgan ekan. Şunda ketayotganlar töxtab: «Otaxon, qarib qolibsiz, sizga köçat ekişni kim qöyibdi, dam olsangiz bölmaydimi?» deyişgan.

Bu qariya Abu Dardo roziyallohu anhu bölib, u kişi «Mening habibim - Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga aytganlarki», deb mana şu hadisni rivoyat qilganlar.

Sahobai kiromlar keksayib qolganlarida ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yöllarini mahkam tutganlar, jumladan, qariganlarida ham obodonçilikka, köçat ekişga, kelajakda musulmonlarning iqtisodi yaxşi bölişiga harakat qilganlar.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning "Odoblar xazinasi" kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek