Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

«16-fevral voqealari»ga 25 yil böldi

Video16-fevral, 2024, 20:492 daqiqa0 koʻrish

“​​16-fevral voqealari”ga 25 yil böldi

Öşa kunni yaxşi eslayman, 5-sinfda öqirdim. Televizorda «Şaytanat» seriali bölayotgandi (özi u paytlar 1-2 ta kanal bölardi xolos). Birdan serialni örtasidan uzişgan. Va ekranda diktor paydo bölib, Toşkentning törtta joyida portlaş bölgani, lekin vahima qilişga asos yöqligi, hammasi nazoratga olinganini aytgan. Va yana serial kelgan joyidan davom etgan (Elçin bilan Zelixonning qamoqxonadagi suhbati epizodi edi, adaşmasam).

Sönggi yillarda bu voqealar haqida juda kam eslayapmiz, deyarli yodimizdan ham çiqib ketdi. Hozirgi yoş avlod portlaşlar haqida deyarli heç narsa bilmaydi ham.

Bir hisobdan bunday mudhiş voqealarga boşqa heç qaçon duç kelmaylik, boşqa tomondan öşa kuni halok bölgan yurtdoşlarimizni xotirlab qöyişga odatlansak yomon bölmasdi.

Asosiysi yurtimizda tinçlik bölsin. Bunaqa terroristik aktlar boşqa qaytarilmasligini çin dildan istaymiz va qurbonlar haqqiga duodamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek