Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

14-mart, payşanba (4-kun). Ramazon hadisi: Tavakkal qiliş odobi

Matn14-mart, 2024, 17:321 daqiqa0 koʻrish

14-mart, payşanba (4-kun)
Iftorlik vaqti: 18:31 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Bir kişi:

«Ey Allohning Rasuli, (ulovimni) tuşovlab turib tavakkal qilaymi yoki qöyvorib tavakkal qilaymi?» dedi. Şunda u zot:

«Uni tuşovlab turib, keyin tavakkal qil», dedilar».

Imom Termiziy rivoyat qilgan.

📖 Şarh: Transport vositasini haydovçi ruxsat berilgan joyga ham boşqalarga xalaqit bermaydigan qilib töxtatişi lozim. Baʼzi holatlarda boşqa transport vositalari öta olmay qoladigan darajada töxtatib qöyilgan avtoulovlar köpçilik uçun noqulaylik tuğdiradi, bundan köçalar tösilib qolişi, işi zarur kişi yumuşiga keçikişi kabi holatlar ham vujudga keladi. Bu esa mazkur xalaqit berayotgan avtoulov egasining beodobligi sababidan vujudga keladi. Musulmon inson uçun bu kabi beodoblikka yöl qöyiş katta ayb hisoblanadi.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek