Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Ramazon

Hayit odoblari: Ramazon hayiti kunida bajariladigan amallar va qaytariqlar

Matn9-aprel, 2024, 17:322 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hayit odoblari

9-aprel, seşanba (30-kun)
Iftorlik vaqti: 18:59 (Toşkent vaqti)

#hadis #ramazon

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «U (Ramazon)ning oxirgi keçasida rözadorlarning gunohlari keçiriladi», dedilar. Ular: «Ey Allohning  Rasuli, u Qadr keçasimi?», deb söraşdi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yöq, lekin işçi işini ado etganidan söng ajri – haqi töla qilib beriladi», dedilar.

Imom Ahmad rivoyat qilgan.

Diniy manbalarimizda hayit kunlariga doir odob va ahkomlar batafsil bayon qilingan. Biz hozir faqat Ramazon hayitiga tegişli odob va ahkomlar haqida söz yuritamiz.

✅ Ramazon hayiti kuniga eson-omon yetib kelgan har bir musulmon kişi quyidagi amallarni bajaradi:

1. Iyd keçasini ibodat bilan ötkaziş;

2. Hayit namozi uçun ğusl qiliş;

3. Tişlarni misvok yoki tiş pastalari yordamida tozalab oliş;

4. Iyd uçun yasaniş;

5. Xuşböylik surtiş;

6. Namozga çiqişdan oldin biror yegulik tanovul qilib oliş;

7. Fitr sadaqasini beriş (2024-yil uçun fitr miqdori);

8. Takbir aytiş (takbir aytiş deganda, «Allohu akbar», deyiş tuşuniladi);

9. Hayit namoziga çiqiş;

10. Iyd namoziga ertaroq, piyoda, viqor bilan, takbir aytgan holda boriş;

11. Hayit namozga bir yöl bilan borib, boşqasidan qaytiş;

12. Xonadon ahliga kengçilik, serobçilikka şaroit yaratiş;

13. Qarindoş-uruğ, qöni-qöşnilarni ziyorat qiliş, beva-beçoralarning holidan xabar oliş, ularga xursandçilik ulaşiş;

14. Bolajonlarga hayitlik beriş, ularga uşbu bayramning şukuhini körsata biliş;

15. Taniş-biliş, yoru döst va har bir köringan musulmon kişini hayit bilan tabriklab, ularga xursandçilik va şodlik izhor qiliş;

16. Hayit kuni odob doirasida, harom va man qilingan narsalarni aralaştirmagan holda ayrim köngilxuşi maʼnosidagi öyin-kulgilar ham qiliş mumkin;

❌ Hayit kuniga doir odoblar töla-tökis bölişi uçun, uşbu kunda qiliş durust bölmagan ayrim narsalar haqida ham töxtalib ötiş darkor.

Iyd kuni quyidagi işlardan saqlaniş lozim:

1. Röza tutiş.
2. Iyd namozidan oldin yoki keyin nafl öqiş.
3. Gunoh sodir qiliş.
4. Hayit kunlari ayollarning qabristonlarga borişi yaxşi emas.
5. Hayit kunlarini azaga aylantirib oliş.

Manba: "Hayit odoblari", Hasanxon Yahyo Abdulmajid, IslomUz portali.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek