Ramazon

14-kun: Yoşlar odobi

Matn4-mart, 2026, 17:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

4-mart, çorşanba (14-kun)
Iftorlik vaqti: 18:21 (Toşkent vaqti) [hududlar farqi]

#ramazon

YOŞLAR ODOBI

Yoşlik odoblaridan biri şaytonning iğvosidan va noqobil ulfatlardan hazir bölişdir.

Musulmon yoşlar şaytonning iğvosiga uçib qolmaslik çoralarini körib yurişlari lozim. Şayton yoşlarga havoyi nafsga ergaşişni çiroyli körsatadi. Ularga özining doimiy çaqiriği bölmiş «Yoşligingda öynab qol, gunoh nima qiladi» degan gaplar bilan vasvasa qiladi.

Şayton yoşlarni yöldan uriş uçun özining barça askarlarini işga soladi. Uning askarlari esa juda köp. Şulardan quyidagi uçtasi ayniqsa bugungi kunda öta xavflidir:

Yoşlarni iğvoga soladigan şayton malaylaridan eng aşaddiysi nafs şahvatidir.

Bu şahvat yoşlarga boşqa jinsdagi şaxslar bilan: yigitlarga qizlar bilan, qizlarga yigitlar bilan harom-hariş aloqalar örnatiş yölida iğvo qiladi.

Bu şahvat yoşlarni kaşandalik, aroqxörlik, naşavandlik kabi halokatli illatlar sari çorlaydi.

Bu şahvat yoşlarni qimorboz, buzğunçi va tekintomoq bölişga çorlaydi. Demak, barça yoşlarimiz, yigit va qizlarimiz laʼnati şaytonning «nafs şahvati» nomli malayidan ehtiyot bölişlari lozim.

Yoşlarni iğvoga soladigan şayton malaylaridan yana biri yomon döstlardir.

Şaytonga malay bölgan bunday döstlar birga öqiyotgan sinfdoşlari yoki kursdoşlaridan, mahalladan, qavmu qarindoş içidan ham bölişi mumkin. Şaytonning uşbu turdagi malaylaridan ham har bir yigit-qiz nihoyatda ehtiyot bölişi, ularning iğvosiga uçib, yomon yölga kirib ketmaslikka harakat qilişi lozim.

Yoşlarimiz özlariga döst tanlaşda juda ehtiyot bölişlari, öylab iş tutişlari darkor. Ular bilib-bilmay aroqxör, qimorboz, buzuq kimsalar bilan döstlaşib qolişmasin. Aks holda, «Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi», deganlaridek, yomon döstning kasofati urib qolişi turgan gap.

Yoşlarni iğvoga soladigan şayton malaylaridan yana biri buzuq yöllarga çaqiruvçi dinlar, firqalar, oqim, hizb va guruhlardir.

Hozirgi kunlarda şaytonning bu turdagi malaylari ham juda köpaygan. Ular turli davlatlar, ölkalar va yurtlarga har tomondan turli yaltiroq nomlar va çaqiriqlar bilan suqilib kirib kelmoqda. Baʼzi sodda yoşlar ularning töriga tuşib qolib, özlarining, ota-onalari, oila aʼzolari, qavmu qarindoş va yaqinlarining xijolatda qolişlariga sabab bölişmoqda. Bunday yovuz kuçlardan yoşlarimiz har lahzada ogoh bölib turişlari, özliklarini, dinlari, mazhablari, millatlarini unutmasliklari lozim.

Barça yoşlarimiz laʼnati şaytondan va uning turli-tuman malaylaridan hazir bölişlari, ularga zinhor yaqinlaşmasliklari kerak. Ularning özlariga aşaddiy duşman ekanini bir lahza ham unutmasliklari lozim.

Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Ijtimoiy odoblar» kitobidan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek