Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalFoto1 daqiqa1tahrirlangan
Журналист Абдукарим Мирзаевнинг портрети

Jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqdi

Turkiyada magistraturada tahsil olayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda özlarining maʼrifiy çiqişlari bilan maşhur bölgan hamyurtimiz Abdukarim Mirzayev ozodlikka çiqibdi. Biroz avval Abdukarim akaning turmuş örtoqlari bilan gaplaşdim va bu xabarni tasdiqladi.

Abdukarim Mirzayev 2020-yil 11-dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qölga olingandi. U taqiqlangan guruh aʼzolari bilan yozişmalar olib borganlikda gumon qilingan, keyinçalik bu gumon öz isbotini topmagan bölsada, lekin Özbekistonga deportatsiya qiliş haqida qaror çiqqandi. Advokat tomonidan qarorga şikoyat yozilgaç, toki ariza tegişli tartibda körib çiqilmagunça, Abdukarim Mirzayev migratsiya bölimida vaqtinça saqlab turilgandi.

Özbekiston Boş prokuraturasi jurnalistning qölga olinişida Özbekistonning heç qanday aloqasi yöqligini maʼlum qilgandi.

Nihoyat bugun ozodlikka çiqibdilar. Barçasi ortda qolgani rost bölsin, ilohim. Abdukarim aka va ularning oilasiga tinçlik va xotirjamlik tilayman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek