Zanjirni uz, uyda qol: insoniylik va masʼuliyat haqida
Şahnoza opaning Telegram kanalida (@shahnozxon) eʼlon qilgan uşbu postni albatta öqib körişni tavsiya qilaman:
«Zanjirni uz, uyda qol» deyapti hamma. Lekin buning nimaligini anglaş uçun inson, har qanday inson, özining şungaça bölgan darajasidan bir poğona yuqorilaşi, yanada insonroq bölişi kerak.
Sen boşqa odamlar uçun ham javobgarligingni biliş – bu biz uçun yangi va kerakli tajriba. Biz doim avvalo özimiz uçun, özimizning muhofazamiz uçun harakat qilganmiz. Endi boşqalarni muhofazalaş özimizni muhofazalaş bilan tengligini anglaşimiz kerak. Bu bir tomondan ajoyib, boşqa tomondan esa heç birimiz örganmagan odat. Lekin örgansak, özimizga foydaga qoladi. Xulosalarimiz muhim.
***
Şifokorlar... Ular, şubhasiz, qahramonlar. Frontning old qatoridagi jangçilar. Ertaga bu balolardan eson-omon çiqib olsak, ular haqida dunyo böylab yuzlab asarlar va filmlar yaratilsa kerak. Ular orasida özbek asarlari ham bölişiga umidim bor. Lekin hozir ularga bemorlar va karantindagilardan ham qiyinroq. Karantindagilar muddat ötib çiqib ketişadi, kasallar, inşaalloh, tuzaladi. Ular esa şu balo butkul bartaraf bölmagunça har kuni işda, öz jonlariga xatarni yelkalariga ortmoqlab juda muhim vazifalarini bajarişi kerak. Bemor keladi-ketadi, şifokor esa umuman epidemiya tugamagunça şuning içida. Şu sababli ham ularga qiyin. Şu kunga ularga qilgan munosabatimiz uçun, albatta, uyalyapmiz, afsuslanayapmiz. Lekin bu kam...
***
Keça onamni arang qöşnining janozasiga çiqişdan qaytardim. “Ertaga köz-közga tuşsa, nima degan odam bölaman” deydilar. “Onam, öşa erta kelişi uçun, öşa odamning köziga közingiz tuşişi uçun bugun uyda qolişingiz kerak. Soğ-salomat körişişga yetkazsin” dedim. Onam janozaga çiqmadilar, ammo xafa böldilar, qon bosimlari kötarildi... Men ham töğri iş qilganimni bilsam-da, kun böyi dilim xira yurdim.
Ha, mentalitet bilan kuraşiş qiyin, balki befoyda. Lekin na iloj, çidaymiz-da.
***
Virus bor, biz bor – uçinçi tomon yöq!
Virusni xorijdan olib kelganam – biz, karantindagilar ham – biz, kasallanganlar ham – biz, unga qarşi kuraşayotganlar ham – özimiz. Davlat ham biz, xalq ham biz.
Virus Xitoyniki, Italiyaniki, Fransiyaniki... emas, u ham umuminsoniy. Karantindagilar nafaqat özlari uçun, biz uçun ham majburiy çeklovda ötirişibdi, ularga ham xayrixohlik va yordam kerak.
Biz hamma uçun uyda ötiribmiz, hamma uçun (öşa hammaning orasida özimiz ham bormiz).
Dunyoning qaysidir çekkasida laboratoriyada vaksina yaratiş ustida boş qotirayotgan olim yoki niqob tikib tekinga tarqatayotgan qöşnimiz, şifokorlarga bepul taom olib borayotgan saxovatpeşa yoki özida koronavirus borligidan şubhalanib laboratoriyaga borgan inson – hammasi biz uçun harakat qilyapti. Butun insoniyat bir butunga aylandi.
Yo virusga qarşi kuraşayotganlar bilan birga bölamiz, yo qirilamiz, boşqa tanlov yöq.
Şunday fikrlay boşlaganimizda, balki virus ham çekina boşlaydi».
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

