Xushnudbek YouTube tarmog‘ida ilk bor jonli efir o‘tkazadi
Bugun ilk marta YouTube orqali jonli efir qilib körmoqçiman. Texnik tomondan hali tajribam yöqligi uçun baʼzi nosozliklar bölib qolsa, maʼzur tutgaysiz.
Soat 20:30-da boşlaymiz, Xudo xohlasa. Savollaringizni YouTube'dagi çat orqali berişingiz mumkin. Imkoniyatim yetganiça javob berişga harakat qilaman.
❗️Şuningdek, yaqin kunlarda bir loyiha boşlamoqçiman, yaʼni muştariylar orasidan 5 kişi bilan Zoom orqali konferensiya qilib, turli mavzularda birga suhbat qurmoqçiman va bu suhbatni YouTube hamda Telegram kanalimga joylayman. Öşa 5 kişini har safar kiçik tanlov asosida tanlab olaman. Tanlov şartlarini esa bugungi jonli efirda tuşuntiraman.
Efir boşlanguça mana bu havola orqali kanalga obuna bölib qöyişni unutmang:
http://youtube.com/xushnudbekxudoyberdiyev?sub_confirmation=1
Körişgunça.


