Xushnudbek Xudoyberdiyev Aziza Shonazarova bilan uchrashdi

Matn10-mart, 2020, 10:001 daqiqa0 koʻrish

​​Niyat xolis bölsa, Allohning özi heç bir kutilmaganda öşa niyatni ijobat qiladi.

Bayram kuni orden olgan Kolumbiya universiteti professori Aziza Şonazarovani körib, uning yutuqlaridan quvonib, Özbekistonga kelganidan foydalanib, biror imkonini qilib uçraşsam bölar ekan, deb öylagandim.

Aziza Şonazarova ham men bilan körişiş istagida bölganini aytib qoldi (aytişiça, Telegram kanalimda u haqda yozib, maşhur qilib yuborgan emişman 😊).

Qarangki, keça öta tasodifan, heç bir kutilmaganda uçraşib qoldik.

Aziza juda ham samimiy va haqiqatdan olima ayol ekan. Garçi suhbatimiz qisqa bölgan bölsa-da, öta ijobiy xulosa qiliş uçun yetarli böldi.

Kelgusi safar Özbekistonga kelganlarida, blogimiz muştariylari uçun bafurja suhbat qurişga kelişib oldik.

Niyatim esa öşa-öşa: yurtimizda Azizalar köpayaversin, ilohim!

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek