Xushnudbek shaxsiy fikrlar uchun yangi kanal ochdi
Manba:Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Assalomu alaykum.
Avvalgi safar ham @xushnudbek kanalini ochishimga sabab Telegramda shaxsiy kanal ochish “moda”ga aylangani bo’lgandi. Bu safar boshqa “moda” urfga kirgan.
Ya’ni katta kanali bor blogerlar o’zlari uchun yana bitta yangi maydon ochib olishmoqda. Masalan, men bilganlarim quyidagilar:
Davletovuz (Qobil Xidirov)
@davletovuz ➡️ @davletovuztw
Muhrim A'zamxo'jayev
@muhrim ➡️ @muhrim2022
Nurbek Alimov
@nurbekalimov ➡️ @Alimofflive
Zafar Solijonov
@Zafarbek_Solijonov ➡️ @Zafarello
Bahodir Ahmedov
@bahodirahmedoff ➡️ @bahodiranklav
Ularni to’g’ri tushunaman, chunki asosiy kanalda kuzatuvchilar soni oshib ketgani sari odam o’zini noqulay his qilishni boshlaydi va ichki senzura yuqori darajaga chiqib ketadi. Mas’uliyat ko’paygani uchun samimiylik ham kamayib borayotgandek bo’ladi, o’zingizni erkin his qilolmaysiz.
Xullas, “qatordan qolmaslik” prinsipini qo’llagan holda men ham o’ta shaxsiy fikrlarim va asosan shaxsiy hayotimdagi voqealarni yozib borish uchun bismilloh deb yangi kanalni yuritishni boshlamoqchiman.
Lekin hali kanalda nima yozaman, biror narsa yozishga vaqtim bo‘ladimi o‘zi, yo‘qmi, buni o‘ylab ko‘rmadim. Buyog‘i bir gap bo‘lar :)
P.S.: Aytgancha, ushbu kanalda imkon qadar barcha postlar lotin yozuviga asoslangan alifboda qoldiriladi.
Yangi kanal manzili:
🔘 @xushnudbekuz
- 👍 1390



