Vengriya Özbekistonga insonparvarlik yordami uçun minnatdorlik bildirdi
Xushnudbek.uzAlbom2 daqiqa0tahrirlangan

«Özbekistondan minnatdormiz»
Vengriya Boş vaziri Viktor Orban mamlakatga koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraş doirasida Turkiy Kengaşga aʼzo mamlakatlardan yordam kelganini maʼlum qildi. “Bu masalada biz Vengriya doimiy aʼzosi bölgan Yevropa Ittifoqidan yordam söradik, biroq heç qanday kömak kelmadi. Kuzatuvçi maqomida bölganimiz Turkiy Kengaş mamlakatlari esa yordam qölini çözişdi” dedi Orban.
Vengriya taşqi işlar va taşqi savdo vaziri Peter Siyyarto esa öz feysbuk sahifasida Turkiya niqob işlab çiqariş uçun lozim bölgan 8 tonna matoning eksport qilinişiga ruxsat berganini, Özbekiston esa 150 ming dona niqob jönatganini maʼlum qilib, «Turkiya va Özbekiston hukumatlarining yordami juda biz uçun foydali böldi, biz buning uçun har ikki davlatdan minnatdormiz» deb yozdi.
Ğayratxöja Sayidaliyevning Feysbuk sahifasidan olindi
P.S.: Peter Siyyarto Feysbukdagi postiga Boş vazir örinbosari Sardor Umurzoqov maktubining rasmini ham ilova qilgan.
👉 @xushnudbek 👈




