Özbekistonda karantin çeklovlari bosqiçma-bosqiç yengillaşadi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan⚡️Karantin çeklovlari yengillaşadi
“Yaşil” va “sariq” hududlarda sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda xizmat körsatiş turlariga bosqiçma-bosqiç ruxsat beriladi. Bu haqda bugun Prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida bölib ötgan yiğilişda maʼlum qilingan.
Olis hududlarning poytaxtimiz bilan transport aloqasini tiklaş juda dolzarb masala bölib turibdi. Şu bois Toşkent şahridan Nukus, Urganç, Termiz şaharlariga aviaqatnovlarni tiklaş, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Qarşi şaharlariga “Afrosiyob” tezyurar poyezdi hamda Farğona vodiysiga poyezd qatnovini qayta yölga qöyiş rejalaştirilmoqda.
Şuningdek, şaharlar içida şaxsiy avtomobillar harakati böyiça çeklovlarni bekor qiliş masalasi örganilmoqda. Transport, Içki işlar va Soğliqni saqlaş vazirliklariga bular böyiça Respublika komissiyasiga taklif kiritiş vazifasi qöyildi.
Maʼlumki, kasallik yuqişi xavfidan kelib çiqib, tölovlar naqdsiz şaklga ötkazilgan edi. Aholi, ayniqsa, pensionerlarning murojaatlarini hisobga olib, iş haqi, nafaqa va pensiyalar karantin qoidalariga töliq amal qilgan holda, naqd pulda tarqatilişi belgilandi.
👉 @xushnudbek 👈

