Özbekiston musulmonlari idorasining rasmiy munosabati
🌙 Özbekiston musulmonlari idorasi rasmiy munosabati
Butun dunyoda Hazrati Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam tavallud topgan Rabiʼul avval oyi boşlandi. Jome masjidlarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari tarannum etilmoqda, qorilarning Qurʼon tilovatlari-yu naşidalari yangramoqda va mavlidi şariflar öqilmoqda. Bunday fayziyob kunlar musulmon ummatiga katta quvonç bağişlamoqda...
Ayni şu kunlarda ayrim bosma naşrlarda, turli internet saytlari va ijtimoiy tarmoq safihalarida Payğambar alayhissalomga nisbatan nomunosib, haqoratomuz karikatura çop etilişi va uning ortidan kelib çiqqan turli köngilsiz holatlar ayrim bahs-munozaralar, ixtilof va tuşunmovçiliklar hamda notöğri xatti-harakatlarga sabab bölmoqda.
Öz navbatida, Özbekiston musulmonlari idorasi mömin-musulmonlarning hissiyotini qözğaş, fitna çiqariş va diniy qadriyatlar, muqaddasotlarga nisbatan haqoratni ifodalovçi har qanday holatni jiddiy qoralaşini hamda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning şaʼnlari mömin-musulmonlar uçun eng oliy qadriyat ekanini qatʼiy taʼkidlaydi.
Şuningdek, bu kabi munosabatlar xalqlar örtasidagi özaro totuvlikni buzişga qaratilgan fitna hamda odamlarning diniy eʼtiqodi bilan boğliq his-tuyğularini haqoratlaş, diniy qadriyatlarni oyoq osti qiliş, millatlararo va dinlararo adovat uyğotiş, deb baholaydi.
Taʼkidlaş kerakki, kim bölişidan qatʼiy nazar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni har qança kamsitişga urinmasin yoki musulmonlar yo Islom diniga toş otmasin bu bilan dinimizga yoki musulmonlarga zarraça ham ziyon yetkaza olmaydi.
👉 @xushnudbek 👈


