USM Telecom va MegaFon Özbekiston bozoriga kirib kelmoqda
⚡️«USM Telecom» va «MegaFon» Özbekiston bozoriga kirib kelmoqda
«USM Telecom» va MegaFon özbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda Markaziy Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya bozorining texnologik ilğori bölişi kutilgan yangi qöşma korxona – Digital Holding’ni taşkil etdi. Yangi QK tarkibidan mamlakatning telekommunikatsiya bozori ilğori bölgan Ucell kompaniyasi hamda USM’ning Özbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan ham örin olgan.
Özbekiston hukumati Davlat aktivlarini boşqariş agentligi (DABA) orqali QKga Ucell telekom-operatorining 100% uluşini topşirmoqda. Rossiya tomoni Digital Holding rivojlanişi uçun 100 mln dollar investitsiya, şu bilan birga USM’ning şöʼba korxonalari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan’ni kiritmoqda.
QK tarkibiga kiriş uçun «USM Telecom» va MegaFon «Didjital Invest» kompaniyasiga asos solişdi, unda kompaniyalar uluşi 50%dan taqsimlandi. Yangi QKda «Didjital Invest» uluşi 51%, DABA uluşi 49%ga teng.
Bitim doirasidagi jarayonlar 2021-yil davomida yakunlanadi.
