Test sinovlariga 2 soat vaqt beriladi
❗️Test sinovlariga 2 soat vaqt beriladi
AOKAda bölayotgan brifingda DTM direktori Majid Karimov test jarayonlari haqida ayrim qöşimça maʼlumotlarni maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda ÖzA (@uzauz) muxbiri.
Jumladan, ötgan yillari test sinovlari katta pavilyonlarda 3 ta smenada bölgan edi. Joriy yilda esa stadionlarda 2 ta smenada test ötkaziladi.
2 ta fandan jami 60 ta test savollariga javob topiş uçun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladigan böldi (ÖzA izohi - bundan avval 3 soat vaqt berilişi xabar qilingandi).
Şunda 1-smena 08:00-da boşlansa, 10:00-da tamom böladi. 2-smena esa 17:00-da boşlanib, 19:00-da tugaydi. Soat 10 dan 17 gaça stadionda heç kim bölmaydi.
Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yölakdan ötadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar işlatiladi. Şuningdek, stadionda bölayotganligini inobatga olib, abituriyentlarga oq boş kiyim (kepka) tarqatiladi.
👉 @xushnudbek 👈

