Talabalarga mahalla muammolarini hal qilish bo‘yicha murojaat

Matn26-iyul, 2021, 19:302 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Talabalarga murojaat!

Hurmatli, talabalar. Sizlarga bir taklifim va tavsiyam bor. Işonaman, bu taklif sizni qiziqtiradi.

Hozir deyarli barçangiz taʼtildasiz. Boşqa hududlarda öqiydigan yuz minglab talabalar öz uylariga, tuman/şahar yoki qişloqlariga qaytişgan. Hademay yana hamma öqişga qaytadi. Ammo öqişga qaytişdan avval özingiz tuğilib ösgan mahalla uçun foydangiz tegişi mumkinligini bilasizmi?

❓Mahallangizda içimlik suvi bilan muammo bormi?
❓Siz yaşaydigan joyda içki yöllar rasvomi?
❓Aloqa sifatida muammolar bormi?
❓Köçalarda elektr ustunlari (stolba) eskirganmi?
❓Mahallangizga optik tolali internet tortiş kerakdir?
❓Bolaligingiz ötgan maktab yoki boğçani taʼmirlaş kerakmi?
❓Balki kutubxona, bolalar yoki sport maydonçasi quriş kerakdir?

Şunça muammo bor ekan, unda nega imkoniyatdan foydalanmayapsiz?

https://openbudget.uz saytida fuqarolar tomonidan mahalliy budjet mablağlarining bir qismini maqsadli sarflaş uçun takliflar qabul qilinayotgani haqida avval ham yozgandim. Butun respublika böyiça jami 157 mlrd söm mablağ ajratilgan. Bitta taklif qiymati maksimum 1 mlrd sömdan oşmasligi kerak.

Tuman/şahar kesimida mablağlar turliça, çunki topgan puliga boğliq. Masalan, Farğona şahriga 11 mlrd, Asaka va Ğijduvonga 10 mlrd, Çustga 8 mlrd, Xatirçi, Qarşi, Oltinsoy va Xonqa tumanlariga 7 mlrddan pul ajratilgan. Töliq röyxat bu yerda.

Hozirgaça portalda 8500 ta taklif qoldirilgan.

Portalning işlaş tartibi qanaqa?

1️⃣ openbudget.uz saytida röyxatdan ötasiz;
2️⃣ Taşabbus qoldirasiz (muammoli joy suratini ham yuklang);
3️⃣ Ovoz beriş jarayoni boşlangaç, mahalladoşlaringiz orasida öşa taşabbusni tarğib qilasiz;
4️⃣ Hududlar kesimida eng köp ovoz olgan taşabbusga byudjetdan pul ajratiladi.

Nega aynan talabalarga murojaat qilyapman?

Çunki sizlar internetdan foydalanişni nisbatan yaxşiroq bilasiz. Hozir böş vaqtingiz köproq. Bundan taşqari butun dunyoda ham bunaqa taşabbuskor loyihalarda aynan talabalar faol bölişadi, özaro birikib volontyorlik jamoalari tuzişadi hatto. Bizda ham talabalar anaqa şunaqa faol bölişini istayman.

❗️Şoşiling, taşabbuslar 1-avgustga qadar qabul qilinadi. Hoziroq mahallangiz uçun nima köproq kerakligini yaxşilab öylang. Agar biror joyni, masalan yölni taʼmirlaş kerak bölsa, tezda rasmga oling. Taşabbus qoldiring. Ovoz töplang. Va jamoatçilik uçun foydasi tegadigan taşabbusga mualliflik qiling.

Loqayd bölmang, talabalar!

ℹ️ Ha, aytgança, bu portalda faqat talabalar emas, istalgan boşqa şaxslar ham taşabbus qöşişlari mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek