Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Talabalar uçun onlayn öqişlar 2-sentabrdan boşlandi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

2-sentabrdan talabalar uçun onlayn öqişlar boşlandi

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy kanalida 2-sentabr yarim tunda, aniqroği soat 02:10-da berilgan xabarga köra, bugundan boşlab 2020/2021 öquv yili rasman boşlanibdi.

Xabarda aytilişiça, öquv jarayoni tasdiqlangan öquv rejalari asosida masofaviy şaklda onlayn tarzda yölga qöyiladi.

Menga bir narsa qiziq. Nega şunaqa xabarlar oldindan eʼlon qilinmaydi? Nega OTMlar bu haqda rasmiy sahifalarida talabalarni ogohlantirmaydi? 10 ga yaqin yirik OTMlar saytiga kirib kördim, 2-sentabrdan öqişlar boşlanişi haqida birorta xabar yöq.

Çunki OTMlar mustaqil emas, ular buni özlari hal qilolmaydi. Tepadan buyruq kutadi. Tepadagilar esa buyruqlarni taqaaaaab çiqaradi, köp hollarda esa bir neça kun keçikib ham beraveradi. “Ha, nima böpti, kerak bölsa kutasizlarda” degan prinsip işlaydi.

Juda bir ajoyib taʼlim tizimimiz borda, men sizga aytsam.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek