Talabalar uçun arzon internet trafiklari joriy etiladi
Manba:UzA | Tezkor xabarlar
❗️Prezident talabalar uçun arzon internet trafiklari joriy etiş böyiça topşiriq berdi
Şavkat Mirziyoyev bugungi yiğilişda tegişli mutasaddilarga çekka hududlarni ham tezroq internet bilan taʼminlaş va talabalar uçun arzonlaştirilgan internet trafiklari ajratiş böyiça topşiriq bergan. Prezidentga bu taklifni Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori Gulçehra Rixsiyeva bildirgan, deya xabar bermoqda ÖzA (@uzauz) muxbiri.
— Talabalar bilan doimiy muloqotdamiz, yangi öquv yilini boşlaşda nimalarga eʼtibor beriş haqida takliflar olyapmiz. Pandemiya sabab ötgan yili ikkinçi semestrni onlayn tarzda taşkil qildik, himoyalarni ötkazdik. Lekin şundan söng köpçilik talabalarda öziga xos takliflar va talablar yuzaga keldi. Agar yangi öquv yilini biz onlayn boşlaydigan bölsak, çekka qişloqlarni ham internet bilan taʼminlaş masalasini hamda talabalar uçun muhim bölgan arzonlaştirilgan internet trafiklarni ajratiş borasida murojaat qildim va Prezidentimiz tegişli mutasaddilarga bu böyiça topşiriq berdilar. Öylaymanki, bu hammamiz uçun juda ham qulay şaroitni vujudga keltiradi, - dedi Gulçehra Rixsiyeva.
Eslatib ötamiz, avvalroq Respublika Oliy taʼlim kengaşi raisi Öktam Umurzoqov yangi öquv yili onlayn tarzda boşlanişini maʼlum qilgani haqida xabar bergan edik.
➡️ @uzauz

