Super kontrakt narxi va tartibi haqida maʼlumot
"Super kontrakt" narxi qança va kimlar uçun?
Test natijalari çiqişni boşlagaç, abituriyentlardan qöşimça kontrakt (xalq tilida "super kontrakt") haqida savollar köpaydi. Şularni inobatga olib, qöşimça kontrakt haqidagi ayrim savollarga javob berişga harakat qilaman.
Qöşimça kontrakda öqiş uçun neça ball oliş kerak?
Kamida 56,7 ball töplagan böliş kerak. Undan kam töplaganlar hozirça qöşimça kontraktda öqiy olmaydi.
Qöşimça kontrakda öqişni xohlaganlar qaçon ariza beriş kerak?
Yetarli ball töplay olmagan abituriyentlar qöşimça kontraktda öqiş uçun test natijalari eʼlon qilingandan boşlab 1 oy içida ariza berişi kerak.
Ariza qayerga beriladi?
Qöşimça kontraktda öqiş istagida bölganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.
Oşirilgan kontraktning narxi qança?
Oşirilgan tölov-kontrakt miqdori amalda örnatilgan tölov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
1-toifa
Töplagan ballari tasdiqlangan tölov-kontrakt böyiça qabul kvotalari çegarasiga bir ballgaça yetmagan abituriyentlar uçun - 1,5 barobar;
1.1 balldan 2 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,0 barobar;
2.1 balldan 3 ballgaça yetmaganlar uçun - 2,5 barobar;
3.1 balldan 4 ballgaça yetmaganlar uçun - 3,0 barobar.
Masalan, kiriş bali 140 bölgan deylik. 139 ball töplagan abituriyent kontraktning 1,5 barobarini tölaydi. Masalan, asli 10 mln kontrakt bölsa, 15 mln söm tölasa kifoya.
138,9 ball olgan abituriyent esa 2 barobarini tölaydi, yaʼni 20 mln söm. Va h.k.
2-toifa
56,7 balldan köp töplagan, lekin kiriş çiziğiga 4 balldan köproq yetmay qolgan abituriyentlar kontrakt summasining 10 baravaridan 25 baravarigaça miqdorida tölaydi.
Masalan, yana öşa kiriş 140 ball bölgan yönalişni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan köp töplaganlar 2-toifaga tuşadi.
Joriy yilda 2-toifa uçun narxlar hali tasdiqlanmadi. Ötgan yildagi narxlarni quyidagi manzildan körib olişingiz mumkin.
Oşirilgan kontrakt har yili tölanadimi yoki bir marta?
Bir marta tölanadi. Qöşimça qabul qilingan talabalar birinçi öquv yilini tugatgandan söng keyingi öquv yilidan boşlab amalda örnatilgan bazaviy tölov-kontrakt miqdori asosida (yaʼni el qatori) öqişini davom ettiradilar.
ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik iş haqiga nisbatan emas, öşa yönalişdagi kontrakt narxiga nisbatan. Yaʼni kontrakt 10 mln söm bölsa, 10 barobar bölganda qöşimça kontraktda 100 mln söm tölanadi.
Kanalga ulaniş:👇
https://t.me/xushnudbek

