SpaceX kompaniyasining tarixiy parvozini jonli kuzating

Matn30-may, 2020, 23:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ikkinçi uriniş: Tarixiy parvozga guvoh böling

Birozdan keyin, aniqroği Toşkent vaqti bilan 00:22-da "SpaceX" kompaniyasi kosmosga ikki fazogirni uçirişga yana bir bor urinib köradi. 27-may kuni ob-havo noqulay kelgani uçun parvoz bugunga qoldirilgan edi, deb yozmoqda “Vaşington kundaligi” kanali.

Eslatib ötamiz, bu missiya ikkita sabab bilan katta tarixiy ahamiyatga ega:

Avvalo, AQŞ 2011-yildan beri kosmosga odam uçiriş imkoniyatiga ega bölmay kelayotgan edi. Çunki şu yili fazogirlarni Xalqaro fazo stansiyasiga jönatiş bilan şuğullangan "Space Shuttle" dasturi töxtatilgan. Ötgan qariyb 10 yil davomida AQŞ astronavtlari kosmosga Rossiyaning "Soyuz" kemasida uçmoqda. Agar bugungi parvoz muvaffaqiyatli amalga oşsa, AQŞ kosmosga odam jönatiş biznesiga rasman qaytadi.

Voqeaning ikkinçi tarixiy ahamiyati şundaki, insoniyat ilk bor kosmosga odamzotning xususiy kompaniya tomonidan uçirilişiga guvoh bölmoqda. Tarixda bunaqasi bölmagan.

Nafaqat odam jönatiş, umuman, fazoga raketa uçiriş bilan xususiy kompaniyalar şuğullanişi mumkinligi 10-15 yil oldin heç kimning tasavvuriga ham siğmas edi. Bu iş bilan faqat qudratli va sanoqli davlatlargina şuğullana olgan. Bugun bu özgardi. Texnologik innovatsiyalar böyiça xususiy kompaniyalar hatto kosmik tadqiqotlar uçun masʼul davlat taşkilotlaridan özib ketdi.

NASA uçun odam jönatiş bu xususiy kosmik turizmning faqat boşlanişi. "SpaceX" kompaniyasi asosçisi Elon Maskning eng katta orzusi Mars sayyorasida odamlar doimiy yaşovçi koloniya quriş. U bu maqsadga tiriklik paytida yetişiga işonadi va umrining sönggi kunlarini Marsda ötkazişni xohlaydi.

Nasib qilsa, bu voqealarga biz ham guvoh bölamiz, balki hatto bu jarayonlarning iştirokçisiga aylanişimiz mumkin.

Tarixiy parvozni jonli tomoşa qiling:

https://youtu.be/bIZsnKGV8TE

Ob-havo uçiş uçun maʼqul deb topildi. Raketa uçişiga yarim soatdan kamroq vaqt qoldi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek