O‘zbekiston va Tojikiston vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Matn30-avgust, 2018, 11:141 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Sizdan ugina, bizdan bugina

Keça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan bir guruh Tojikiston fuqarolari davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi.

Xususan, Tojikiston Respublikasi Boş vaziri Qohir Rasulzoda va Taşqi işlar vaziri Sirojiddin Muhriddin «Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan, Adham Xoliqov hamda Davlat Xolov «Özbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan va boşqalar taqdirlangandi.

Bugun Tojikiston Prezidenti matbuot xizmatining bergan xabariga köra, bir guruh Özbekiston fuqarolari ham Tojikiston davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Xususan, Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov va Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 2-darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan;

Suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev 1-darajali "Şaraf" ordeni bilan;

Içki işlar vaziri maslahatçisi Zokirjon Almatov, Suv xöjaligi vaziri maslahatçisi Ismoil Jörabekov, Samarqanddagi tojik milliy madaniyat markazi rahbari Abduvahob Voxidov, “Ovozi tojik” gazetasi bölim mudiri Töxtamiş Töxtayev hamda BuxDU professori Tavakkal Çoriyev «Döstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Şerali Jörayev hamda Mavluda Xalilovalar Tojikiston xalq artisti faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni bugun şaxsan Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon özi topşirgan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek