Şavkat Mirziyoyev: Sardoba fojiasi aybdorlari jazolanadi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlangan❗️Şavkat Mirziyoyev: aybdorlar kim bölişidan qatʼi nazar javob beradi
Bugungi yiğilişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev “Sardoba” suv ombori fojiasida aybdorlar albatta jazo olişini taʼkidladi. Jumladan, davlatimiz rahbari şunday dedi:
“Xalqimiz bir narsadan köngli töq bölişi kerak, heç qanday ortiqça gap-sözlarga va miş-mişlarga örin bölmasligi lozim. Mening topşiriğimga köra huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan suv toşqini bilan boğliq voqea yuzasidan obyektiv, xolis va keng qamrovli tergov harakatlari boşlangan. Xalqimizni işontirib aytaman, tergov yakunlari böyiça barça aybdorlar, kim bölişi va egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar, qonun oldida javob beradi.
Bu suv toşqini biz uçun aççiq saboq böldi. Şu sababli suv ombori masalasida biz xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda töğonning barça dambalarini çuqur ekspertizadan ötkazamiz. Faqat şundan keyingina yakuniy xulosaga kelamiz.
Şuningdek, mening topşiriğimga binoan hozirgi kunda tegişli davlat organlari tomonidan kuçli yoğingarçilik sababli eroziya yuzaga kelişi mumkin bölgan barça gidroinşootlar, töğonlar va GESlarda tekşiruv işlari olib borilmoqda”.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1




