Senatda Şuhrat Ğaniyev masalasi körib çiqiladi
Senatda Ğaniyev masalasi
Bugun tuşdan keyin Senatning navbatdan taşqari sessiyasi bölişi rejalaştirilayotgan ekan. Aytişlariça, sessiyada Farğona viloyati hokimi Şuhrat Ğaniyev masalasi körib çiqiladi.
«Körib çiqiş» aynan qanday maʼnoda bölişi hozirça maʼlum emas.
Özbekiston Konstitutsiyasi 102-moddasiga binoan, viloyat hokimi Prezident tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Şu sababli Senat majlisida Ğaniyevning viloyat hokimligidan ozod etiş masalasi körib çiqilişi qonunga muvofiq kelmaydi.
Konstitutsiyaning 80-moddasiga köra, Senat öz faoliyatini taşkil etiş va palataning içki tartib qoidalari bilan boğliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiliş vakolatiga ega.
Voqealar rivojidan ilgarilaş niyatimiz yöğu, lekin yuqoridagi qoidadan kelib çiqib, bugungi majlisda quyidagi variantlar bölişi mumkin:
Birinçi variant. Ğaniyevning senator sifatidagi faoliyati jiddiy tanqid ostiga olinadi. U hammadan uzr söraydi. Balki uzr ham söramas, şunçaki umuman boşqa maʼnoda gapirgani, ijtimoiy tarmoqlardagi ğalamislar esa boşqaça tuşunganini aytib berar. Unga jiddiy ogohlantiriş beriladi.
Ikkinçi variant. «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga köra, senat aʼzosi daxlsizlik huquqidan foydalanadi. U Senatning roziligisiz, Senat majlislari oraliğidagi davrda esa, Senat Kengaşining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilişi, uşlab turilişi, qamoqqa olinişi yoki sud tartibida beriladigan maʼmuriy jazoga tortilişi mumkin emas.
Şu sababli bugun Ğaniyevning daxlsizlik huquqidan mahrum qilinadi. Buning ortidan u katta ehtimol bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilişi mumkin. Jinoiy javobgarlikka tortiş masalasi - fantastika. Bunga biror sabab körmayapman.
Uçinçi variant. «Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga köra, alohida hollarda senator degan yuksak nomga doğ tuşiruvçi xulq-atvor sababli senatorning vakolatlari Senatning qaroriga binoan muddatidan ilgari tugatilişi mumkin.
Şunga köra, bugun Ğaniyevning senatorlik vakolati muddatidan ilgari tugatiladi.
Bugungi Senat yiğilişi mana şu uçta variant atrofidagi natija bilan tugasa kerak. Bular şunçaki taxminlar. Yana ham biroz sabr qilsak, bilib olamiz.
👉 @xushnudbek 👈



