Saylovlardagi iştirok foizi va şaffoflik

Matn22-dekabr, 2019, 21:481 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Közböyamaçiliklarga barham berilayotgani rost bölsin!

Bugun bölib ötgan saylovlarda umumiy saylovçilarning 71,1%i ovoz bergani haqida maʼlumot berildi. Albatta bu raqam içida bir kişi butun oila aʼzolari nomidan ovoz berganlar ham bor. Ammo şunday bölsada, ança işonarli raqam bu.

Avvalgi yillarda bu raqam heç qaçon 85%dan kam bölmagan. Ilgari qatnaşgan saylovçilar sonini sunʼiy köpaytiriş uçun rosa harakat qilişgan. Keling, soliştiriş uçun avvalgi saylovlardagi “yavka”ni körib çiqamiz:

2016-yil (Prezidentlik saylovi) – 87,73%;
2015-yil (Prezident) – 91,08%;
2014
-yil (Parlament saylovi) – 88,94%;
2009
-yil (Parlament) – 87,8%;
2007
-yil (Prezident) – 90,6%;
2004
-yil (Parlament) – 85,1%;
2002
-yil (Referendum) – 91,58%;
2000
-yil (Prezident) – 95,1%;
1999
-yil (Parlament) – 95,03%.

Joriy yilda saylovda iştirok etiş foizining kam bölgani xalqimizning siyosiy qiziqişi avvalgi yillarga qaraganda kamayib ketganini anglatmaydi. Aksinça, bu – saylovlarda közböyamaçiliklar, “yavka”ni kötariş uçun ovozlarni soxtalaştiriş hamda qöşib yoziş kam bölganini anglatadi.

Bu juda quvonarli hol, men Sizga aytsam! Bravo!

Şu tempni saqlab qoliş, kelgusi yillarda raqamlarni yanada şaffoflaştiriş kerak!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek