Saylov-2019: partiyalar reytingi böyiça sörovnoma natijalari
«Saylov-2019» ruknidan
Saylovdan oldingi sörovnomalar xalq orasida partiyalarning reytingini aniqlaşga nisbiy bölsada yordam beradi. Odatda bunday sörovlar saylov natijalari bilan deyarli bir xil çiqadi.
Kanalimda ötkazilgan sörovnomada 38,5 ming ovoz berildi. Eng köp ovozni «Heç qaysi partiyaga ovoz bermayman» javobi oldi (34%).
Bevosita 5 ta partiyalarga berilgan ovozlarning özini körib çiqsak, 49,4%, yaʼni ovoz beruvçilarning salkam yarmi ÖzLiDePni tanladi.
Turli Telegram kanallarda ötkazilgan yana boşqa sörovlarni ham körib çiqdim. Men körgan sörovlarning barçasida Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi köproq ovoz olgan.
Oxirgi 3 ta Prezidentlik saylovida (2007, 2015, 2016) ğalaba qozongan, Oliy Majlisga bölgan oxirgi 3 ta saylovda (2004, 2009, 2014) eng köp joyni egallagan partiyaning xalq orasida reytingi yuqori bölişidan heç kim taajjublanmasa kerak.
Köramiz, saylovda kim ğolib çiqarkan? Sörovlar asliyatga töğri keladimi yo qaysidir partiya 4-urinişda ÖzLiDeP örnini egallaydimi, buni vaqt körsatadi...

