Ramazon oyidagi xatmi Qurʼon taqsimoti belgilandi
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
🌙 Ramazon oyidagi xatmi Qurʼonning kunlik taqsimoti belgilandi. Ramazon oyi qaçondan boşlanadi?
Özbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 1443/2022-yil Ramazon oyida Toşkent şahri masjidlarida tarovih namozlarida öqiladigan xatmi Qurʼonning kunlik taqsimoti belgilandi. Unga köra, xatmi Qurʼon rözaning birinçi kunidan boşlab, 27 sana – Qadr keçasida yakunlanişi möljallanmoqda.
Jadvalda tarovih namozlarini 1-apreldan boşlaş rejalaştirilayotganini köriş mumkin. Demak, katta ehtimol bilan Ramazon oyi 2-aprel sanasidan boşlanişi mumkin. Yana ham bu oy körinişiga boğliq.
Hozirda Özbekiston musulmonlari idorasida Islom dini tartib-qoidalari asosida oyni kuzatiş böyiça işçi guruh tuzilgan va ular oy kirişini astronomik tahlillar asosida kuzatib borişmoqda. Ramazon oyi boşlanişi haqidagi xabar Ulamolar kengaşi tomonidan körib çiqiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1173





