Qozoğistonda kunduzi çiroq yoqiş bekor qilingani rostmi
Qozoğistonda kunduzi çiroq yoqib yuriş bekor qilindimi?
Keça ijtimoiy tarmoqlarda Qozoğistonda yöl-harakati qoidalariga özgariş kiritilgani, unga köra kunduz kuni çiroq yoqib yuriş qoidasi 13-iyuldan bekor qilinişi haqidagi video tarqadi.
Bir qaraşda bu yolğon xabarga öxşamaydi, çunki bu gap TVda aytilgan, videoda mansabdor şaxslar ham intervyu berib turibdi, töğrimi? Şunday bölsada, har qanday xabarga birdan işonib ketmasdan, mustaqil tekşirib körişga harakat qilaman.
Videoga yaxşilab eʼtibor bersangiz, kunduzi çiroq yoqiş bilan boğliq qoidani bekor qiliş «körib çiqilmoqda» deyilgan, «qabul qilindi» emas.
Keling, şu xabarni ham birgalikda tekşirib köramiz.
1️⃣ Eng avval Google orqali qidirib köramiz, çunki bu katta mavzu, albatta qozoq saytlari bu haqida yozgan bölişi kerak.
Qidiruvga berganda sözma-söz yoziş şart emas, eng muhim sözlarni yozsangiz böldi, Google özi biladi nimani xohlayotganingizni.
Men uçta muhim sözni tanladim: «13-iyul», «Kazaxstan», «PDD».
Siz ham erinmasdan şu sözlarni yozib, qidirib köring.
2️⃣ Natijalar çiqdi. Eng birinçi avtosapa.kz saytidan mana bu xabar çiqdi:
S 13 IYULYA V KAZAXSTANE VSTUPYAT V SILU NOVIYE POPRAVKI V PRAVILAX DOROJNOGO DVIJENIYA
Kirib köramiz.
Xabarda taʼkidlangan özgarişlarni videodagi bilan soliştiramiz: parkovka, işonçnoma va texkörik. Barçasi video bilan töğri keldi.
Lekin yaxşilab eʼtibor bersangiz, xabarda 2015-yil haqida gap ketgan.
Şundan söng, videoda körsatilgan khabar.kz saytiga kirib, öşa reportajni qidirib topişingiz ham mumkin. Mana öşa reportaj. 2015-yil 9-iyuldagi soni ekan.
1-XULOSA: demak, video eski, aniqroği 2015-yilgi ekan. Buni videoning pastida çiqib turgan yozuvlardan ham bilsa böladi.
3️⃣ Avtosapa saytidagi xabarda kunduzi çiroqlarni yoqib yuriş qoidasi bekor bölgani haqida heç narsa yozilmagan. Şu sababli, qidiruvda davom etamiz. Google taklif qilgan boşqa xabarlarga ham kirib kördim, lekin bu haqida birortasida yozilmagan.
Bunday vaziyatda qidiruv şartini biroz özgartiramiz va 3 ta kalit söz yoniga yana 2 ta quyidagi sözni qöşamiz: «otmen», «dxo».
Google eng birinçi zakon.kz saytidagi quyidagi xabarni tavsiya qilmoqda:
Otmena obyazatelnogo vklyuçeniya far v naselennix punktax ne bila initsiirovana ofitsialno - MVD RK
Kirib öqiymiz. Xabardan maʼlum böladiki, kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi rasman bekor bölmagan, bu masala şunçaki deputatlar orasida Parlamentda muhokama bölgan xolos. Lekin rasman qonunçilikka taklif kiritilmagan.
Agar hafsala bilan yana qidirişda davom etsangiz, tengrinews.kz saytida bunday qoida rasman bekor bölmagani hamda bu şunçaki deputatlar guruhi tomonidan taklif sifatida aytilgani haqidagi xabarlarni topişingiz ham mumkin. Bularning barçasi 2015-yildagi xabarlar.
2-XULOSA: demak, kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi Qozoğistonda bekor qilinmagan, bu şunçaki taklif bölgan xolos.
Bu xuddi Özbekistondagi hozirgi vaziyatni eslatadi. Bizda ham Hukumat qarori bilan tomdan taraşa tuşganday qoidalarga özgariş kiritildi, jamoatçilikning noroziligidan keyin bir guruh deputatlar uşbu qarorni bekor qiliş taklifini bergani haqida xabarlar çiqdi. Lekin bu şunçaki taklif xolos, Hukumat bunday takliflarni hozirça inobatga olgani yöq.
Xöroz hammayoqda bir xil qiçqiradi, deganlari şu bölsa kerak. Qozoqlarda ham, bizda ham öxşaş vaziyat.
4️⃣ Oxirida bugungi kunda ham bu qoida Qozoğistonda amaldami yoki yöqmi, biliş uçun «kazaxstan», «pdd» deb qidiruvga berib, masalan, mana bu yerdan qöşnilarimizning Yöl-harakati qoidalarida hozir ham bu qoida amalda ekanligini körib olsangiz böladi.
UMUMIY XULOSA: ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan video eski (2015-yilgi) hamda unda taʼkidlangan Qozoğistonda 13-iyuldan kunduzi çiroq yoqib yuriş qoidasi bekor qilinadi, degan xabarlar yolğon.
P.S.: Bu şunçaki internetda çiqqan bitta xabarni qanday tekşiriş mumkinligiga misol xolos. Maslahatim, ijtimoiy tarmoqlarda çiqqan barça xabarlarga işonib ketavermasdan, mustaqil tekşirib köriş könikmasini özingizda şakllantiring. Şunda aldanib qolmaysiz.
👉 @xushnudbek 👈

