Qoraqalpoğistonda kafedra mudiri talabalarni işlatdi
Manba:Daryo — LIVE
Qoraqalpoğistonda universitet kafedra mudiri talabalarni öz fermer xöjaligida işlatdi
Qoraqalpoq davlat universiteti Ximiya-texnologiya kafedra mudiri Maxset Ayimbetov 29-may kuni 80 nafar talabani darslardan ozod qildirib, Nukus tumanidagi özining «Şortanbay tangi» fermer xöjaligiga dala işlariga jalb qilgan. Bu işga ximiya-texnologiya fakulteti dekanati ham ruxsat bergan, deb yozadi «Xabar.uz».
Talabalar avtobusga ötirib, fermer xöjaligiga ötaş işlariga otlangan paytda öz huquqlaridan boxabar bir talaba tegişli organlarga xabar qilgan.
Xabarni tekşiriş uçun universitetga kelgan organ xodimi böm-böş auditoriyalarga duç keladi. Ayimbetov talabalarni şoşilinç darsga qaytardi, lekin bu paytgaça soat 12 larga borib qoladi.
Naşrning alohida qayd etişiça, Maxset Ayimbetov majburiy mehnat böyiça avval ham nom çiqargan. U 2011-yilda fakultet dekani paytida paxta yiğim-terimida talabalarni va domlalarni urib-sökkanligi videosi tarqagan (suratda öşa videodan kadr).
- 👍 3


