Prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti boşlandi
Özbekiston Prezidentining tadbirkorlar bilan oçiq muloqoti boşlandi
Xalqaro anjumanlar saroyida bevosita 600 nafar, hududlardagi markaziy studiyalarda 1800 nafar, tuman studiyalarida 8500 dan ortiq, jami 10 mingdan ortiq tadbirkorlar uşbu muloqotda iştirok etmoqda.
Şavkat Mirziyoyev hisobot uçun sözga çiqqan Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromovning sözini töxtatib, muloqotni norasmiy, dildan suhbatdan boşlab yubordilar.
“Oxirgi kundagi majlislarni bekor qilib, şu uçraşuvga qattiq tayyorgarlik kördim. Tadbirkorlarning har bir murojaatini öqib çiqdim. Köpçilikka yoqmasa ham, aççiq va tanqidiy fiklarni ham öqidim. Nimaga? Çunki özim hammasini his qilişni xohlayman. Atrofdagilarga qöyib bersa, bizda hammasi zör deydi. Yöq, unaqmas, osmondan tuşmaganman. Hali töliq zör bölişi uçun bizga vaqt kerak. Oldimizda hal qilinişi kerak bölgan muammolar va tizimli işlar borligini hammamiz töğri tuşunişimiz kerak”, - dedi davlat rahbari.
👉 @xushnudbek 👈



