Prezident 92 nafar mahbusni afv etdi
Navbatdagi afv eʼlon qilindi
Prezident Ş.Mirziyoyevning farmoniga asosan, Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan afv eʼlon qilindi.
Unga köra, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan, biroq qilmişidan çin yurakdan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qatʼiy ötgan 92 nafar mahbus afv etilgan.
Afv etilganlardan 20 nafari jazodan töliq ozod etiladi, 37 nafari — şartli ravişdan muddatidan avval ozod etiladi, yana 16 nafar şaxsga nisbatan belgilangan jazo yengilroğiga almaştiriladi, bir söz bilan aytganda, jazoni ijro etiş muassasalaridan hamda probatsiya xizmati organlari hisobidan çiqariladigan fuqarolar soni 73 nafarni taşkil etadi.
Bundan taşqari, yana 19 nafar şaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum etiş körinişida belgilangan jazo qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida 3 nafar erkakning yoşi 60 dan ortiq, 3 nafar ayol bor. 79 kişi muqaddam taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida iştirok etişgan.
👉 @xushnudbek 👈
