Özbekistondan naqd valyuta olib çiqiş limiti oşirildi
Endi Özbekistondan avvalgidan köproq naqd valyutani bemalol olib çiqib ketiş mumkin
Prezident Şavkat Mirziyoyev «Valyutani tartibga soliş töğrisida»gi qonunning yangi tahririga imzo çekdi.
Qonunga köra, endilikda jismoniy şaxslar tomonidan 100 mln söm ekvivalentdan ortiq bölmagan summadagi naqd özbek sömi yoki xorijiy valyutani Özbekistondan taşqariga olib çiqişga ruxsat berildi. Bugungi kurs bilan hisoblaganda 100 mln söm 10 ming 584 dollar böladi. Agar bundan ortiq naqd pul bölsa, unda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oşiriladi.
Ilgari Özbekistondan faqat 5 ming AQŞ dollari miqdoridagi naqd valyutani deklaratsiyada körsatgan holda olib çiqiş mumkin edi.
👉 @xushnudbek 👈

