Özbekistonda Avtomobilsiz kun aksiyasi ötkaziladi

Matn23-may, 2018, 18:471 daqiqa0 koʻrish

Özbekistonda “Avtomobilsiz kun” aksiyasi ötkaziladi

Hukumat qarori bilan Yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali xabar bermoqda.

Endilikda:

👉 har haftada juma kuni “Yöl harakati xavfsizligi kuni” ötkaziladi;

👉 avtotransport vositalarisiz harakatlaniş mumkinligi va zarurligini namoyiş qilişga, uning barça qatnaşçilari tomonidan yöl harakati qoidalariga rioya etişga ommaviy çaqirişga yönaltirilgan “Avtomobilsiz kun” oylik aksiyasi muntazam asosda respublikaning barça hududlarida taşkil etiladi;

👉 piyodalar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar töğrisida elektron protokollarni rasmiylaştiriş tartibi joriy etiladi.

👉 maşinalarga örnatilgan videoregistratorlardan olinadigan videoyozuvlarni tezkor töplaşning markazlaştirilgan tizimi joriy etiladi, bunda şaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini saqlab qoliş imkoniyati taʼminlangan holda ularni rağbatlantiriş mexanizmlarini joriy etiş nazarda tutiladi.

Bundan taşqari, qaror bilan jami 74 ta, şu jumladan 31 ta yöl-patrul xizmati statsionar postlari, 43 ta patrul-post xizmati postlari (blok-postlar va tösiq postlar)ning faoliyati tugatildi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek