Özbekiston Saudiya Arabistoniga mağlub böldi

Matn22-yanvar, 2020, 17:151 daqiqa0 koʻrish

Afsus, ming afsus.

Sen urmasang, senga urişadi, degan oltin qoida bizga qarşi işladi. Butun öyin davomida ustunlik qilib, lekin gol urolmadik. Saudiya esa sabr-toqat bilan öz imkoniyatini oxirigaça kutdi va öyin tugaşiga bir neça minut qolganda ğalabani ilib ketdi.

Nima ham derdik, öyin emas, natija muhim.

Xullas, finalga çiqiş nasib etmadi. Ammo Olimpiadaga çiqiş umidi haligaça sönmadi. Özbek futbolida doim şunaqa-ku, oxirigaça bizda imkoniyat böladi :)

3-örin uçun keçadigan bahsda yoki Janubiy Koreya, yoki Avstraliyani yuta olsak, Olimpiadaga çiqişimiz mumkin. Ammo bu Saudiyani yutişga qaraganda bir neça karra qiyinroq iş.

Biz umidimizni söndirmaymiz va yigitlarga omad tilaşda davom etamiz.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek