Osiyo öyinlari ğoliblariga beriladigan mukofot pullari

Matn4-sentabr, 2018, 16:141 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston milliy olimpiya qömitasi tomonidan Osiyo öyinlarida oltin medal olgan sportçilar uçun 10 ming dollar miqdorida mukofot puli beriladi. Bu haqda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov «Kun.uz»ga maʼlum qildi.

Bundan taşqari, avvaldan belgilangan tartibga köra, hukumat tomonidan Osiyo öyinlarida ğolib bölgan sportçilar uçun 5 ming dollardan, kumuş medal egalari uçun 3 ming dollardan va bronza medal sohiblari uçun 2 ming dollardan pul mukofotlari beriladi.

Osiyo öyinlarida çempion bölgan sportçilar jami 15 ming dollardan pul mukofotiga ega bölişadi.

Şu tariqa, Özbekiston hukumati turnir sovrindorlarini mukofotlaş uçun 227 ming dollar, Milliy olimpiya qömitasi esa 210 ming dollar miqdorida mablağ sarflaydi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek