Özbekiston demokratiya indeksida 157-örinni egalladi
Manba:Daryo — LIVE
The Economist Intelligence Unit demokratiya indeksini eʼlon qildi. Özbekiston 167 davlat orasida 157-örinda
Har yili jahon mamlakatlarining demokratiya indeksini tayyorlab boradigan Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqotlar taşkiloti 2019-yil uçun davlatlar reytingini eʼlon qildi.
Reytingga jami 165 ta mamlakat hamda Gonkong va Falastin avtonom hududlari kiritilgan.
«Demokratiya indeksi» reytingini 9,87 ball bilan 2019-yilda ham Norvegiya boşqargan. Keyingi örinlar Islandiya (9,58 ball) va Şvetsiyaga (9,39 ball) nasib qildi. Röyxatning sönggi poğonasidan 1,08 ball bilan KXDR örin egallagan.
Özbekiston uşbu reytingda 2018-yilda qayd etgan 2,01 ballik (bir yil avval 2018-yilda 156-poğonani band etgandi) natijasini takrorlab 157-örinda qayd etildi.
Markaziy Osiyo davlatlari orasida Özbekistondan yuqori örinlarda Qirğiziston (4,89 ball, 101-örin), Qozoğiston (2,94 ball, 139-örin) va Afğoniston (2,85 ball, 142-örin) qayd etilgan. Tojikiston 160-örinni, Turkmaniston esa 162-örinni egallagan.
Rossiya (134-örin) va Xitoy (153-örin) kabi katta mamlakatlar ham reytingda quyi poğonalarda qayd etilgan. Dunyo yetakçilari orasida AQŞ 25, Fransiya 20, Buyuk Britaniya 14 va Germaniya 13-örinlarni band qilgan.
The Economist Intelligence Unit «Demokratiya indeksini» 2006-yildan beri eʼlon qilib keladi. 2019-yilda butun dunyodagi örtaça demokratiya indeksi sönggi 13 yillikda eng yomon natija — 5,44 ball reytingga ega deb topildi.


