OTMlarga qabul jarayonidagi keçikişlar va muammolar

Matn1-iyun, 2020, 15:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

#abituriyent

Qabul jarayonlariga oz qoldi. Yana eski xatoni takrorlaymizmi?

15 kundan keyin butun respublika böylab OTMlarga qabul jarayonlari boşlanişi kerak.

Ammo şunday bölsa-da, joriy yildagi qabul jarayonlari böyiça deyarli heç narsa aniq emas. Na qabul kvotalari tasdiqlandi, na imtihon tartiblari maʼlum böldi. Hattoki eng elementar narsa - neçta fandan test bölişi ham aniq emas.

Mening xavotirim, joriy yilda ham xuddi ötgan yilgidek barçasi keçikib, şoşilinçda, ölda-jölda böladigandek.

Xabaringiz bor, ötgan yili qabulga oid hujjatlarning keçikib tasdiqlanişi böyiça öziga xos salbiy rekord yangilangan edi. Şu darajada keçikkanki, hatto qabul kvotalarisiz qabulni taxminan boşlab turişdi, natijada boşida tavakkal hujjat topşirib qöyganlar bilan köplab muammolar çiqdi.

Nahotki bu yil ham öşa hassamizni yana yöqotsak? Ötgan yilgi xatolar dars bölmaganmidi?

Bu savollarimiz köproq Vazirlar Mahkamasiga, yanada aniqroği Davlat qabul komissiyasiga qaratilgan. Faoliyati öta sirli va yopiq bölgan uşbu komissiya taʼlimda juda köp narsani ortga tortişi bilan maşhur. Köpçilik aholi bunday komissiya borligini bilmaydi va odamlar taʼlimga oid bahsli qarorlarda asosan vazirliklarni yoki DTMni ayblab yurişadi.

Aslida esa bu komissiyaga juda katta vakolatlar berilgan, şunga yaraşa oçiq va şaffof işlamaydi ham. Komissiyaning birorta majlisiga jurnalistlar va jamoatçilik vakillari çaqirilmaydi. Barça qarorlar yopiq eşiklar ortida qabul qilinadi. Qarorlari heç qayerda rasman eʼlon qilinmaydi va h.k.

Misol uçun, 30-aprelda Prezident Şavkat Mirziyoyev karantin munosabati bilan imtihonlarni soddaroq şaklda ötkaziş böyiça topşiriq bergan edi. Şundan keyin DTM direktori tegişli takliflarni tayyorlab, Davlat qabul komissiyasiga yuborganini maʼlum qildi. Ammo mana oradan 1 oy vaqt ötdi, lekin haligaça tartib tasdiqlanmadi.

Abituriyentlar Davlat qabul komissiyasi qarorini yana qança kutişi kerak? Qaçon biror narsa aniq böladi? Nega yana testga sanoqli kunlar qolganda yangiliklarni eʼlon qilib, abituriyentlar va ularning ota-onalarini şoşirib qöymoqçimiz?

Sözim sönggida Hukumatda ijtimoiy kompleks rahbarligiga tayinlangan yangi Boş vazir örinbosari Behzod Musayevdan uşbu masalaga jiddiyroq eʼtibor qaratib, ötgan yillardagi tarix takrorlanişiga yöl qöymasligini iltimos qilib qolaman.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek