Öqişni köçiriş va test natijalari eʼlon qilinişi keçikişi

Matn30-avgust, 2021, 22:212 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz«МАНДАТ ҚАЧОН?» деган минглаб саволлар келиб тушмоқда. Ушбу саволларга жавобимни юқоридаги овозли хабарда тинглашингиз мумкин. 👉 @xushnudbek 👈

​Içki «perevod»ning javobi qaçon çiqadi, deb sörayotganlar ham şu ovozli xabarni eşitib qöyaversin. Mana şunda javobi bor 😁

Agar jiddiy aytadigan bölsak, amaldagi qonunçilik böyiça, yakuniy test natijalari ham, öqişni köçirişga oid arizalarning natijalari ham bugun, yaʼni 30-avgust kuni eʼlon qilinişi kerak edi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida aniq va tiniq yozib qöyilgan.

Test sinovlarining yakuniy mandati eʼlon qilinadigan muddat haqida-ku butun boşli Prezident qarori ham bor. 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-sonli qarorda abituriyentning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani böyiça tanlov natijasi test sinovlarini ötkaziş jarayoni töliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat içida eʼlon qilinişi belgilab qöyilgan.

Demak, agar bugun 2 soat içida yakuniy natijalar çiqmasa, demak ham Prezident qarori, ham Vazirlar Mahkamasi qaroridagi qoidalar buzilgan böladi.

Lekin bu sira hayron qolarli iş emas. Yakuniy mandat bir hafta içida çiqişi haqidagi qoida 2019-yilda kiritilgan edi va bu qoidaga mana 2 yildirki amal qilinmaydi. Yakuniy mandat 2019-yili ham, 2020-yili ham keçikib çiqqan. 2021-yili ham bunga juda yaqin.

Bir marta keçikiş bu tasodif, ikki marta keçikiş ana bor istisno. Ammo 3 marta ketma-ket aytilgan muddatda javoblarni eʼlon qilişni eplolmaslik — tizimda nimadir xatoligini anglatadi. Iş va yuklama köpligi haqidagi gaplar eskirdi, menimça. Yaxşisi tizimni qayta körib çiqiş kerak. Qaysidir bosqiçda nimanidir hisobga olmayapsizlar, nimadir işni faqat orqaga tortayapti. Öşa "nimani" topiş unça qiyin iş emas aslida. Faqat bunga sal xohiş bölsa kifoya.

Kutamiz, kun yakunlanişiga yana 2 soatça vaqt bor. Balki javob bugun tunda (mayli, 12:00-dan keyin bölsa ham) eʼlon qilinib qolar. Öşanda yuqoridagi gaplarim uçun uzr sörab qöyaman. Ilohim, adaşgan bölay, tizim soatday aniq işlayotgan bölsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek