Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar

Matn5-iyul, 2020, 10:242 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

Online hujjat topshirish jarayoniga oid savollar
#abituriyent

⚡️Bu yil abituriyentlar abitur.dtm.uz yoki my.gov.uz veb saytlari orqali online hujjat topshiradilar.

✅ Shuningdek, Maxsus komissiya tasdiqlab bergan hududlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali ham hujjat topshirish mumkin. Ya'ni DXMlar barcha joyda hujjat qabul qilmaydi, faqat 8ta tumanlarda ishlaydi. Ro’yxati mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6148

❌ OTMga borib hujjat topshirilmaydi. Faqat fuqaroligi bo’lmagan shaxslargina OTMlarga borib hujjat topshiradi.

⚡️Abituriyentlar online ro'yxatdan o'tayotganda JSHSHIR raqam kiritadilar.

📎 JSHSHIR raqam nima va uni qanday aniqlash mumkinligi bu yerdan bilib olishingiz mumkin:
t.me/xushnudbek/6086

⚡️Online hujjat topshirish jarayonida kerak bo'ladigan hujjatlar:

✔️ Pasport
✔️ Shahodatnoma yoki Diplom
✔️ Imtiyoz beruvchi hujjat (agar ega bo'lsangiz)

❗️Sizdan yuqoridagi hujjatlarning asli yoki skaner qilingan nusxasi talab qilinmaydi. Faqatgina hujjatlardagi ma'lumotlar tizimga kiritiladi xolos.

❗️Ammo imtiyoz beruvchi hujjatlar bundan mustasno. Ya'ni ushbu hujjatning skaner qilingan yoki oddiy rasmga olingan shakli ham jo'natiladi.

❌ Sizdan talab e'tilmaydi:

🔖 Rasm
🔖 MFYdan ma'lumotnoma
🔖 Tibbiy ma'lumotnoma...

❗️Sizda doimiy ishlaydigan telefon raqam bo'lishi kerak. Chunki DTM bazasidan keladigan SMS xabarni siz tasdiqlashingiz kerak bo'ladi.

⚡️Online hujjat topshirish jarayoni 20-iyulga qadar davom etadi.

📝 Ariza topshirganlar keyinchalik arizasiga o’zgartirish kiritish mumkin. Masalan, boshqa yo’nalishga topshirmoqchisiz yoki imtiyoz beradigan hujjatni qo’shib qo’ymoqchisiz, shuningdek xato qilgan bo’lsangiz, tahrirlamoqchisiz - bularning barchasini 20-iyulga qadar bemalol qila olasiz.

1️⃣ Bir kishi faqat bir marta ariza yubora oladi. 2-3 ta telefon raqami orqali 2-3 marta ariza yuborib bo’lmaydi.

📲 Bitta telefon raqami orqali faqat bir marta ariza yuborish mumkin. 2-3 kishi bitta telefon raqami orqali ariza yubora olmaydi.

5️⃣ Beshta yo’nalishni tanlash tartibi haqida mana bu yerda batafsil yozilgan:
t.me/xushnudbek/6078

📎 Batafsil ushbu videoda👇
dtm.uz/post/view/dtm-sayti-orqali-ro-yxatdan-o-tish

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek