Öqişni köçiriş tartibi va muddatlari haqida maʼlumot

Matn24-iyun, 2020, 11:192 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqişni köçiriş (perevod) masalasida

Talabalardan har kuni öqişni köçirişga oid juda köp savollar kelib tuşadi, şu sababli mazkur mavzuga oid muhim maʼlumotlarni töplaşga harakat qildim.

Bir taʼlim şaklidan boşqasiga öqişni köçirsa böladimi?

Ha, bir taʼlim şaklidan boşqasiga öqişni köçiriş mumkin, lekin barça hollarda ham emas. Quyida birma-bir körib çiqamiz.

👉 Kunduzgi taʼlimdan quyidagilarga köçiriş ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi;
• keçki (smenali).

❌ Kunduzgi taʼlimdan maxsus sirtqiga köçirib bölmaydi.

👉 Sirtqi taʼlimdan ruxsat etiladi:
• kunduzgi;
• sirtqi (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• keçki (smenali).

❌ Sirtqi taʼlimdan maxsus sirtqi taʼlimga köçirib bölmaydi.

👉 Keçki taʼlimdan ruxsat etiladi:
• keçki taʼlim (faqat bir taʼlim sohasi doirasida);
• kunduzgi.

❌ Keçki taʼlimdan sirtqi hamda maxsus sirtqi taʼlimga köçirib bölmaydi.

👉 Maxsus sirtqi taʼlimdan faqat bir taʼlim sohasi doirasida maxsus sirtqiga köçirişga ruxsat beriladi. Bundan boşqa taʼlim şakliga köçirib bölmaydi, öz navbatida boşqa taʼlim şakllaridan maxsus sirtqiga köçiriş talabi ham rad etiş uçun asos böladi.

👉 Şuningdek, maqsadli qabul qilinganlar boşqa taʼlim yönalişi yoki taʼlim şakliga, boşqa OTMga köçira olmaydi.

Öqişni köçiriş böyiça muddatlar

Öqişini köçiriş va qayta tiklaş quyidagi 9 ta bosqiçda amalga oşiriladi. Bular quyidagilar:

Kuzgi semestr böyiça

1️⃣-bosqiç: 15-iyungaça
Hududlarda Işçi guruh taşkil etiladi.

2️⃣: 15-iyuldan 5-avgustgaça
Talabalardan arizalar qabul qiliş. Joriy yilda arizalar edu.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi.

3️⃣: 5-avgustdan 30-avgustgaça
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yöllanadi.

4️⃣: 2-sentabrdan 10-sentabrgaça
Köçiriş (qayta tiklaş) masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyruği bilan talaba darslarga qöyiladi hamda uşbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning şaxsiy yiğma jildini jönatiş uçun sörovnoma yuboriladi.

5️⃣: 1-oktabrgaça
Kontraktdagilar tölovni öz vaqtida amalga oşirganidan keyin talabalar safiga qabul qiliş töğrisidagi buyruq çiqariladi.

Bahorgi semestr böyiça

6️⃣: 15-yanvardan 25-yanvargaça
Talabalardan arizalar qabul qiliş

7️⃣: 25-yanvardan 15-fevralgaça
Arizalar yuzasidan qaror qabul qilinadi va fuqaroga javob xati yöllanadi.

8️⃣: 15-fevraldan 25-fevralgaça
Uzrli sabablar bilan bahorgi semestrda köçiriş masalasi ijobiy hal etilgan taqdirda, OTM rektorining buyruği bilan talaba darslarga qöyiladi hamda uşbu talaba ilgari taʼlim olgan OTMga uning şaxsiy yiğma jildini jönatiş uçun sörovnoma yuboriladi.

9️⃣: 1-martgaça
Kontraktdagilar tölovni öz vaqtida amalga oşirganidan keyin talabalar safiga qabul qiliş töğrisidagi buyruq çiqariladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek