Toşkentda öqişga kiritiş bilan şuğullangan guruh qölga olindi
NOQONUNIY ÖQIŞGA KIRITIB QÖYIŞ BILAN ŞUĞULLANIB KELGAN JINOIY GURUH AʼZOLARIGA NISBATAN JINOYAT IŞI QÖZĞATILDI
Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan Oliy taʼlim muassasalariga noqonuniy yöllar bilan öqişga kiritib qöyiş faoliyati bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh aʼzolariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, ularning faoliyatiga çek qöyildi.
Ötkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi sobiq xodimi Ş.X., Toşkent viloyati Böstonliq tumani IIB bölinma boşliği J.S. va yana bir guruh şaxslar jinoiy guruhga birlaşib, oliy taʼlim muassasalariga öqişga kiriş istagida bölgan şaxslar bilan til biriktirib, 8-10 ming AQŞ dollari evaziga öqişga kiritiş bilan şuğullanib kelganliklari aniqlangan.
Ular «paravoz»lardan foydalanişgan, yaʼni «abituriyent»larning fuqarolik pasportlaridagi fotosuratlarini qalbakilaştirib, ularning örniga yuqori nazariy bilimga ega bölgan jinoiy guruh aʼzolarini kiritişgan.
Xususan, 2018-yil iyul oyida 7 nafar abituriyentlarning pasportlaridagi fotosuratlari örniga jinoiy guruh aʼzolarining rasmlarini maxsus uskunalar yordamida joylab, qalbaki fuqarolik pasportlari asosida Toşkent davlat yuridik universitetiga kiritiş uçun, 1 nafar abituriyentni esa Farğona davlat unversitetiga öqişga kiritiş uçun harakat qilib körişgan va DTM ruxsatnomasini olişga ham muvaffaq bölişgan.
Jinoiy guruh aʼzolari turli vaqtlarda qölga tuşgan. Masalan, bittasi TDYUU qabul komissiyasiga DTM ruxsatnomasini oliş uçun kelgan vaqtda, taqdim qilgan fuqarolik pasportdagi fotosurat qalbaki ekanligi aniqlangan.
Jinoiy guruhning boşqa aʼzolari esa 1-avgust kuni TDYUUga öqişga kiriş uçun ötkazilgan test sinovlariga qalbaki hujjatlar asosida kirgan. Test jarayonida huquqni muhofaza qiluvçi idoralar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida jinoiy guruh aʼzosi J.F. davlat imtihonlariga «abituriyent» U.U. örniga kirganligi aniqlanib, qölga olingan.
Bundan taşqari, tergov davomida Toşkent şahar prokuraturasining topşiriğiga asosan TDYUUda noqonuniy öqişga kiriş holatlarini aniqlaş böyiça maxsus komissiya tuzilib, mazkur komissiya abituriyentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va imtihon jarayoni tasvirga olingan videoyozuvlar tahlil qilindi.
Natijada, jinoiy guruh tomonidan bir neça abituriyentlar örniga qalbaki hujjatlar asosida test sinovlarini yeçib çiqqanliklari, ular TDYUUga davlat granti va şartnoma asoslarida öqişga qabul qilinganliklari aniqlangan.
Jinoyat işi böyiça 7 nafar şaxsga Jinoyat kodeksi 28, 211-moddasi (pora berişga dalolatçilik qiliş), 228-moddasida (hujjatlarni qalbakilaştiriş va hujjatning qalbaki ekanligini bila turib undan foydalaniş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblov eʼlon qilinib, ularga qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Qalbaki hujjatlar asosida, qinğir yöllar bilan Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga qabul qilingan şaxslar talabalar safidan çiqarildi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

