Muruntov koni dunyodagi eng yirik oltin koni deb topildi
Navoiydagi Muruntov koni eng yirik oltin koni deb topildi
Qimmatbaho metallar sohasida faoliyat olib boruvçi yirik Kitco kompaniyasi 2020-yilda oltin qazib olingan TOP-10 konlar reytingini eʼlon qildi.
Unga köra, Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik kon deb topildi.
Maʼlumotga köra, Muruntovda 2020-yilda 2 mln unsiya miqdorida (taxminan 56,6 tonna) oltin qazib olingan. Bu 2019-yilgi körsatkiç bilan bir xil.
Kitco’ning xabar berişiça, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tasarruf etadigan Muruntov koni oçiq konlar sirasiga kiradi va uzinligi 3,3 km, eni 2,2 km, çuqurligi taxminan 600 metrga yetadi.
«Konning zaxirasi juda ajoyib, u taxminan 150 mln unsiyaga teng (taxminan 4,2 ming tonna), şu sababli mazkur kon yaqin yillarda ham peşqadamlikni bermasa kerak», - deyiladi Kanada kompaniyasi xabarida.
Reytingda 2-örinni AQŞning Karlin koni 1,6 mln unsiya (taxminan 47 tonna), 3-örinni Rossiyadagi Olimpiada koni 1,2 mln unsiya (taxminan 34 tonna) körsatkiç bilan egalladi.
👉 @xushnudbek 👈

