Metro bekatlari nomi özgarişi va audioeʼlonlar muammosi

Matn15-may, 2018, 09:421 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

2015-yili "Hamza" metro bekatining nomi "Novza"ga özgatirilganda 2-3 oy davomida vagondagi eʼlon qiladigan audioyozuv özgartirilmagan, har safar bekatga yaqinlaşganda beçora maşinistlar audioeʼlonni öçirib qöyişar va özlari "Keyingi bekat "Novza" deb aytişardi. Toki studiyaga borib, yangi nomni audioga muhrlaşgungaça çamasi 3 oylar vaqt ketgandi.

Yaqinda "Bunyodkor" bekatining nomi "Xalqlar döstligi" deb qayta özgartirildi. Hozir ham maşinistlar diktorlik qilib turişibdi. Köramiz, bu safar metropoliten rahbarlariga ovozni özgartiriş uçun qança muddat kerak ekan.

Aytgança, bu safar ularga ança oson böladi: eski yozuvni öçirib yuborişmagan bölsa, öşani qayta qöyişsa ham bölaveradi )

  • 👍 10
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek