Messining Barselonadan ketişi va futboldagi kelajagi
Manba:Асланов билан футбол
Messidek futbolçining ketişi asta sekin bölişi şart. Mana şunday.
U «Barselona»ni tark etyapti, katta ehtimol bilan Fransiya çempionatida töp suradi. Ha, La Ligamas, u qadar qiziqiş bilan tomoşa qilmaymiz, ammo Messini soğinsak, PSJ ni öyinlarini körişimiz mumkin. Çempionlar Ligasi böladi, katta turnir, hammaning eʼtiborida.
Balki ikki yil ötib AQŞga borar, MLS ni körmasak ham, gollari ijtimoiy tarmoqlarda aylanadi, «Messi jarimadan zör gol uribdi» degan gaplar eşitib turamiz. Argentina terma jamoasi ham bor, darvoqe...
Yoki Qatarga borar, «Paxtakor» bilan OÇLda öynagani kelar, yoki Kanidja kabi zaxira örindiğida uzoqdan körib qolarmiz.
Xuddi şu holatda, sekin asta Messi degan futbolçi nazarimizdan yöqolib boradi. Oson könikamiz, yangi yulduzlar, katta öyinlar Messisiz ötişi oddiy holga aylanadi.
Endi tasavvur qiling, xuddi şu bugun, mana şunday matbuot anjumani va rasmiy xabarlar bilan Messi futboldan ketganida.
«Barselona»dan emas, futboldan ketganida...
Yaxşiyam unday emas.
- 👍 2



