Mehr operatsiyasi: 156 nafar vatandoş yurtimizga qaytarildi
156 nafar vatandoşimiz Yaqin Şarqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi
Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega «Mehr» insonparvarlik operatsiyasi amalga oşirildi.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga binoan, 156 nafar vatandoşimiz, asosan ayollar va bolalar Yaqin Şarqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toşkent şahriga olib kelindi.
Aldov oqibatida özga yurtga borib qolib, oğir hayotiy davrni boşidan ötkazgan bu insonlarga hukumatimiz tomonidan tibbiy, psixologik, moddiy va maʼnaviy yordam körsatiladi. Ularning tinç hayotga qaytib, jamiyatga moslaşişlari, taʼlim va ijtimoiy dasturlarda iştirok etişlari uçun zarur şaroit yaratiladi, boşpana va iş bilan taʼminlaş çoralari köriladi.
Manba: president.uz

