1-iyun barcha uchun ish kuni bo‘ladi

Matn30-may, 2019, 09:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Kelayotgan şanba kuni barça uçun iş kuni böladi

1-iyun - şanba kuni, Özbekistondagi barça xodimlar uçun iş kuni böladi. Özi bu kunda haftasiga 6 kun işlovçi xodimlar şundoq ham işga çiqar edi. Lekin 5 kunliklar dam olişardi.

Ammo 12.11.2018-yildagi Prezident farmoni asosida 1-iyundagi dam oliş kuni 6-iyunga köçirilgan.

Buning natijasida haftasiga 5 kun işlovçilar uçun:

1-iyun, şanba - iş kuni;
6-iyun
, payşanba - dam oliş kuni böladi.

Yana bir bor taʼkidlayman, bu özgarişlar faqat haftasiga 5 kun işlovçilarga taalluqli. Şanba rasman iş kuni bölgan (6 kunliklar) xodimlarga uşbu özgarişlarning aloqasi yöq, ular doimgidek işlayverişadi.

P.S.: hali aniq bölgani yöğu, lekin mabodo 5-iyun, çorşanba - Ramazon Hayitining birinçi kuni sifatida eʼlon qilinsa, unda 5 kunlik iş haftasida işlovçilar 2 kun ketma-ket dam oladi. 6 kunliklar esa faqat Hayitning birinçi kuni dam olişadi, ular uçun har qanaqasiga ham 2 kun ketma-ket dam oliş kuni bölmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing