Maxsus sirtqi bölimga qabul tartibi özgardi

Matn18-iyun, 2019, 17:001 daqiqa0 koʻrish

Maxsus sirtqi bölimga nima uçun kvotalar eʼlon qilinmadi, u yopildimi?
#abituriyent

JAVOB: Joriy yilda maxsus sirtqi bölim uçun kvotalar ajratilmadi va qabul bölmaydi. Bu yildan boşlab maxsus sirtqilar uçun biroz boşqaçaroq tartib joriy qilinadi, yaʼni keça aytilganidek, vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalarining (iş beruvçilar) tavsiyasi asosida tölov-kontrakt asosida sirtqi va keçki taʼlim şakliga qabul qilinadi. Bunda xodim kamida beş yil iş stajiga ega bölişi kerak va ular keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beradi. Kirişda test bölmaydi, şunçaki suhbat asosida qabul qilinadi.

Bu böyiça savollar juda köp berilmoqda, lekin töliq tartib tasdiqlanmagunça heç narsa deb bölmaydi. Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda buning tartibini hamda tavsiya etiş huquqiga ega bölgan vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalarining röyxatini tasdiqlaydi. Şungaça kutib turiş kerak, keyin barçasi maʼlum böladi.

P.S.: şunçaki sirtqiga topşiriş uçun staj kerak emas. Bu haqida alohida töxtalamiz.

Abituriyentlarga oid boşqa xabarlar:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek