Matbuot uyi sotilmaydigan böldi

Albom21-dekabr, 2021, 12:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

“Matbuot uyi” sotilmaydigan böldi

Bugun Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov bir guruh bosma matbuot naşrlari boş muharrirlari bilan uçraşdi. Unda bosma matbuot — gazeta va jurnallar faoliyatiga oid muammolar, yangi takliflar muhokama qilindi.

Şuningdek, Şerzod Asadov “Matbuot uyi” nomi bilan maşhur bölgan va hozirda sotuvga qöyilgan bino uzil-kesil sotuvdan olingani hamda bino kelgusida ommaviy axborot vositalari, jumladan bosma naşrlarga qoldirilişini maʼlum qildi.

“Matbuot uyi”ning sotuvga qöyilişi jurnalistlar orasida salbiy kutib olingan va bir qança tanqidiy çiqişlar qilingan edi.

Şerzod Asadovning maʼlum qilişiça, uşbu masala Prezident tomonidan nazoratga olingan va uşbu bino zamonaviy talablar asosida qayta quriladi hamda ommaviy axborot vositalari, şuningdek Jurnalistlar uyuşmasi foydalanişi uçun topşiriladi.

Bundan taşqari OAVlar, bosma naşrlar hamda Jurnalistlar uyuşmasi faoliyatini qöllab-quvvatlaş böyiça maxsus qaror loyihalari tayyorlanayotgani maʼlum qilindi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 5
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek