Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Toşkentda yiğiladi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27-noyabr kuni Toşkentda yiğiladi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinçi maslahatlaşuv uçraşuvi 27-noyabr kuni Toşkentda bölib ötişi rejalaştirilgan. Bu haqda Qozoğistonning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyevning sözlariga asoslanib, «Kazinform» xabar berdi.
«Avvalroq qöşnilarimizni maslahatlaşuv uçraşuvi ötkazişga çaqirgandim. Ostonada ana şunday uçraşuv ötkazildi. Uçraşuvlar turli poytaxtlarda bölib ötişini istardim. Bu yilgi Toşkentdagi uçraşuv belgilanganidek 27-noyabr kuni bölib ötişiga umid qilaman», — dedi Nursulton Nazarboyev.
Nazarboyevning qayd etişiça, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston örtasida hal qilinmagan masalalar bor. «Töqnaşuvlar yuz bermoqda, odamlar halok bölmoqda», — taʼkidladi u.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinçi maslahatlaşuv uçraşuvi 2018-yil martda Qozoğiston poytaxtida ötkazilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈



