Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Kun.uz muxbirining Prezidentga yöllagan dil sözlari

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

Manba:KUNDALIK

​​Vaqti kelganda uç farzandimning qay biriga qanday gapirişni, qay örinda tanbeh, qay holatda rağbat berişni, qaçon yumşoq, qaçon qattiq gapirişni bilmay qolaman. Aksar hollarda esa bularni öylaşga vaqtim ham yöq, afsus. Çunki işimdan heç ortmayman. Işlamasam göyoki dunyo töxtab qoladigandek (albatta, qalbimdan töxtab qolmasligini bilsam ham).

Janob prezident! Sizni maqtab, osmonlar-u köklarga kötarmayman, hatto saytimizda köpçilik otaxon jurnalistlar eʼtiroziga eʼtibor qaratmasdan, «prezident» sözini köpinça kiçik harfda yozamiz. Çunki dunyoning barça davlatlari prezidentlari lavozimini kiçik harfda yozamiz va heç kimni ajratmaymiz.

Şu suratlaringizni körib çindan sizga açindim. Çin dildan rahmim keldi. Uyda bolam isitmalasa, közimga heç narsa körinmaydi. Şu kunlarda sizning qalbingizdan nimalar ötyapti, bilmayman. Bu körguliklarni qanday kötaryapsiz, bexabarman. Lekin bir narsani aniq bilaman — Alloh bandasiga faqat ular kötara oladigan sinovlarni yuboradi.

Postim avval öylaganimdan boşqaça çiqdi. Özi, suratingizni qöyib, men qalban siz bilan birga ekanligimni, sizga yelkadoş bölib, işonişimni qisqagina bildirib, hamma öylagan ezgu niyatlaringiz amalga oşib, atrofingizda ham özingiz istaganingizdek, odamlarga foydasiga tegadigan mard, zukko va xalqparvar yoş amaldorlar köproq bölişini tilab post qilmoqçi edim, sözlarim juda çalkaşib ketdi.

Ramazon oyi… Köproq duo qiling, janob prezident. Prezident xalqini köp-köp duo qilişi, xalq esa özining rahbarini köp-köp duo qilişida albatta xayr bor.

Kun.uz kundaligi

  • 👍 3
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek